news
Parkent tumani aholisiga 5 ming tup bepul uzum ko‘chati tarqatildi
Prezidentimizning qaroriga muvofiq Parkent "Oltiariq – Agro Star" ixtisoslashgan kompaniyasining qamrab olgan tumanlaridan biri hisoblanadi. Tuman aholisining asosiy qismi uzumchilik bilan shug‘ullanadi va ularning daromad manbayi mazkur soha bilan bog‘liq. Shundan kelib chiqib, tuman aholisini qo'shimcha daromad bilan ta'minlash hamda ekpsortbob uzumning danaksiz navlarini ko‘paytirish maqsadida "Oltiariq – Agro Star" ixtisoslashgan kompaniyasi tomonidan qamrab olingan mahallalarga 5 ming tup yangi navdagi uzum ko‘chatlari bepul tarqatildi. Shuningdek, kompaniyaning usta dehqonlari tomonidan ahosiga uzum ko‘chatlarini ekish va parvarishlash bo‘yicha master-klasslar ham o‘tkazildi. Mazkur ishlar Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida davom ettirilishi reja qilingan.