Yangiliklar

So‘nggi yangiliklar va voqealar bilan tanishing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bo‘lishamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

“Angor – Agro Star” tomonidan Xalq banki bilan hamkorlikda zamonaviy loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda

19:09 / 12.11.2026 124

Mahsulot yetishtirishdan eksportgacha bo‘lgan to‘liq zanjirni qamrab oluvchi agromajmua barpo etilmoqda.

1 gektar maydonda isitish energiyalarisiz ishlovchi 10 ta zamonaviy issiqxona tashkil etildi.

Uch qavatli mazkur issiqxonalar qishda issiqlikni 40 foizgacha ko‘proq saqlaydi, yozda esa haroratni 30 foizgacha pasaytirib, havoni mo‘tadil saqlashga yordam beradi.

Bu yerda yangi navdagi ko‘katlar zamonaviy usulda yetishtirilmoqda.

4 ta issiqxona aholiga ijaraga berilib, yangicha usulda yangi navli mahsulotlarni yetishtirish va yuqori daromad olishga ko‘maklashilmoqda.

3,5 gektar o‘simlik o‘smaydigan sho‘r maydonda karam, brokkoli va gulkaram yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.

Aholi tomorqalarida zamonaviy usulda mahsulot yetishtirishga ko‘maklashilmoqda.

Tomchilatib sug‘orish va mulchalash usulida mahsulot yetishtirish orqali xarajatlarni maksimal darajada kamaytirib, yuqori hosildorlikka erishilmoqda.

Mahsulotlarni sifatli saqlash maqsadida aholi xonadonlariga kichik sovutkichli omborxonalar qurib berilmoqda.

Aholi bilan hamkorlikda lalmi yerlar o‘zlashtirilib, zamonaviy usulda mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.