news
Mo‘g‘ulistondan 30 ming bosh “Bayad” zotli qo‘y olib kelinmoqda
Joriy yilning aprel oyida “Uzagrostar xolding” hamda "Navoiy – Agro Star" ixtisoslashgan kompaniyasi mas’ullari Mo‘g‘ulistonga xizmat safari davomida “Jargalant Sheep Farm” hamda "Bujt" kompaniyalari bilan kelishuvga erishgan edi.
Mazkur ikki xorijiy kompaniyalar bilan dastlabki bosqichda jami 10 ming bosh qo‘yni mamlakatimizga olib kelish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.
Hozirda 700 bosh qo‘y havo transporti orqali Navoiy viloyatiga yetib keldi.
Moʻgʻulistondan keltirilayotgan qo‘ylarni vaqtincha saqlash va mahalliy iqlimga moslashtirish maqsadida Karmana tumanida maxsus karantin zonalari tashkil etilgan.
30 kunlik karantin davrida laboratoriya tahlillari, zarur profilaktik va veterinariya tadbirlari, kasalliklarga qarshi emlash ishlari amalga oshiriladi.
Bazaviy va qamrab olingan tumanlarda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va mazkur naslni ko‘paytirish maqsadida qo‘ylar aholiga ustamasiz narxlarda taqdim etilishi rejalashtirilgan.