Yangiliklar

So‘nggi yangiliklar va voqealar bilan tanishing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bo‘lishamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

1 gektar maydonda zamonaviy ko‘chatxona

17:14 / 24.08.2026 124

"Uzagrostar xolding" muassisligidagi "Farg‘ona – Agro Star" ixtisoslashgan kompaniyasi hamda "Mikrokreditbank" ATB hamkorligida 1 gektar maydonda zamonaviy ko‘chatxona barpo etildi.

Bu yerda yiliga 500 ming dona yuqori sifatli, suvsizlik va kasalliklarga chidamli ko‘chatlar yetishtirish hamda aholiga arzon narxlarda taqdim etish reja qilinmoqda.

An'anaviy usulda ko‘chat yetishtirish uchun 2 yil muddat talab etilsa, zamonaviy yondashuv asosida In-vitro ko‘chatlar 6 oyda ekish uchun tayyor holga keltiriladi.

Oddiy ko‘chatlarning hosilga kirishi uchun 4-5 yil talab qilinsa, Agrostar tomonidan tayyorlangan zamonaviy ko‘chatlar ikkinchi yildan hosilga kira boshlaydi.

Hosildorlik 40-50 foizga yuqori.

Ayni vaqtda “Brokforest”, “Myrobolan” hamda “Garnem” payvandtagli 35 000 dona gilos, 14 000 dona o‘rik va 50 000 dona shaftoli ko‘chatlari yetishtirilmoqda.