Yangiliklar

So‘nggi yangiliklar va voqealar bilan tanishing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bo‘lishamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

Misrdan keltirilgan mini-tuganaklar dastlabki hosilini berdi

16:22 / 24.08.2026 124

O‘zbekiston delegatsiyasining Misrga xizmat safari davomida xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda mamlakatimizda kartoshka urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Imzolangan shartnomaga asosan 250 ming dona "Hermes" navli G0 avlodiga mansub mini-tuganaklar keltirilib, "Uzagrostar xolding" muassisligidagi "Bulung‘ur – Agro Star" hamda "Turon bank" ATB tomonidan Bulung‘ur tumanining Xo‘jamazgil hududidagi maxsus tayyorlangan maydonga ekilgan edi.

Misrlik mutaxassis bilan hamkorlikda ilmiy asosda yetishtirilgan mini-tuganaklar dastlabki bosqichdayoq kutilgan natijalarini bermoqda.

Loyiha orqali super elita va elita kartoshka urug‘i yetishtirishgacha bo‘lgan zanjirni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

6 ming tonnagacha yuqori sifatli O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashgan kartoshka urug‘larini olish va kartoshkachilik bilan shug‘ullanuvchi aholiga taqdim qilish reja qilinmoqda.

Urug‘lar o‘zimizda yetishtirilgani bois narx sezilarli darajada arzon bo‘lishi kutilmoqda.