Yangiliklar

So‘nggi yangiliklar va voqealar bilan tanishing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bo‘lishamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

O‘zbekistonda bodring urug‘i narxini 3 barobargacha pasayishiga ta’sir ko‘rsatuvchi loyiha yo‘lga qo‘yildi

12:23 / 29.06.2026 124

“Uzagrostar xolding” muassisligidagi “Asaka – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi va Andijon ilmiy tajriba stansiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Kelishuvga ko‘ra hamkorlikda yangi bodring navining urug‘chiligi yo‘lga qo‘yildi.

Yangi "Sardor F1" duragayi import qilinayotgan xorijiy urug‘lar bilan bemalol raqobatlasha oladi. Eng muhimi, mahalliy seleksiya mahsuli bo‘lgani sababli uning narxi xorijdan olib kelinayotgan urug‘larga nisbatan qariyb uch baravar arzon bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu nav issiqxonalarda yetishtirish uchun istiqbolli va O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitiga mos. Duragayning asosiy afzalliklaridan biri — partenokarpik, ya’ni changlanmasdan hosil tugishi hisoblanadi. Bu esa issiqxonalarda barqaror va yuqori hosildorlikni ta’minlaydi. Bodringlar tashqi ko‘rinishi, ta’mi va saqlanish xususiyatlari bo‘yicha bozor talablariga to‘la javob beradi.

"Sardor F1" sho‘rlanish va namlikka nisbatan chidamli, un shudring kasalligiga bardoshliligi yuqori. Hosildorligi esa har bir kvadrat metr maydondan 11–14 kilogrammgacha yetadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu navning ommalashishi issiqxonachilikda import urug‘larga qaramlikni kamaytirish va mahalliy urug‘chilikni rivojlantirishga xizmat qiladi.