Yangiliklar

So‘nggi yangiliklar va voqealar bilan tanishing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bo‘lishamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

Germaniyadan yuqori sifatli elita kartoshka urug‘lari olib kelindi

12:15 / 29.06.2026 124

“Uzagrostar xolding” muassisligidagi “Bulung‘ur – Agro Star” hamda “Turonbank” ATB hamkorlikda Germaniyaning nufuzli “Solana” kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan edi.

Imzolangan memorandumga muvofiq, xorijiy kompaniya tomonidan 40 tonna elita sinfidagi yuqori sifatli kartoshka urug‘lari yetkazib berilishi lozim edi.

Hozirda 7 xil navdagi 20 tonna kartoshka urug‘i mamlakatimizga yetib keldi hamda maxsus tayyorlangan omborxonaga joylashtirildi.

Urug‘lar “Bulung‘ur – Agro Star” tomonidan Xo‘jamazgil hududida tajriba-sinov tariqasida ekiladi hamda O‘zbekistonning iqlim va tuproq sharoitiga mos, yuqori hosilli kartoshka navlari saralab olinadi.

Kelishuvga ko‘ra Germaniya kompaniyasi bilan maksimal darajadagi hosildorlik hamda yuqori sifatga erishish bo‘yicha ham ko‘p qirrali hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot o‘rnida, “Solana” kartoshka urug‘chiligi va seleksiyasi bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniya bo‘lib, mazkur yo‘nalishda 120 yildan ortiq tajribaga ega. U yuqori hosildor navlarni ishlab chiqadi va urug‘lik kartoshkalarni dunyoning 40 dan ortiq mamlakatiga eksport qiladi.