news
"Asaka – Agro Star" Faoliyati bilan tanishildi
Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kengash raisi S. Annaklichev va "Uzagrostar xolding" kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i B. Yusupxanov "Asaka – Agro Star" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
“Fayzobod” MFY hududidagi 3 gektar yer maydonida zamonaviy issiqxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali 15 nafar fuqaro rasmiy ish joyiga va barqaror daromadga ega bo‘ldi.
Issiqxonaning 0,7 gektar qismida sabzavot koʻchatlari, 2,3 gektar qismida esa mahsulot yetishtiriladi.
Mahalliy chirindilar o‘rniga tarkibida hech qanday zararli vositalar bo‘lmagan torf, perlit va vermikulit aralashmalaridan foydalaniladi. Natijada sabzavot koʻchatlari yetishtirish muddati 60–65 kundan 30–35 kunga qisqardi. Bundan tashqari, ekologik toza, kasallik va zararkulandalardan holi koʻchatlar yetishtiriladi.
Maxsus kassetalarga urug‘ ekuvchi zamonaviy texnologiyadan foydalanilmoqda. Mazkur uskuna maxsus kassetalarga 1 soatda o‘rtacha 30 mingta urug‘ ekadi. Qo‘l mehnatidan foydalanilganda esa 1 kishi 400 tagacha urug‘ ekishi mumkin xolos.