Yangiliklar

So‘nggi yangiliklar va voqealar bilan tanishing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bo‘lishamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

Urug‘chilik va ko‘chatchilik yo‘nalishida xalqaro hamkorlik

09:34 / 24.11.2025 124

"Uzagrostar xolding" kompaniyasi mas'ullari turkiyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Tadbirda, Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha maslahatchisi Burhan Demirok, Turkiya ko‘chatchilik birligi raisi Serdar Shendag‘, fransiyalik agronom Barronco Yves Henri, xalqaro agronom Yenar Muhammed ishtirok etdi.

Turkiyalik mehmonlar O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti yo‘nalishidagi yutuqlarini e'tirof etib, qardosh mamlakatlar vakillari sifatida birgalikda yanada yaxshi natijalarga erishish istagi borligini bildirdi.

Tadbir davomida mamlakatimizda urug‘chilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, mazkur mahsulotlarni aynan O‘zbekistonda yetishtirish va bu borada kadrlar tayyorlashni hamkorlikda tizimli yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda barcha yo‘nalishlarda salohiyat va imkoniyatlar yuqori darajada mavjudligi, zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlar orqali ishlarning samaradorligini oshirish lozimligi ta‘kidlandi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon vakillari hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilab olish uchun taklif ishlab chiqishga kelishib oldi.